NavDPI Fizika texnologiya fakultetida Navoiy shahar “Alisher Navoiy” nomidagi masjid imom xatib D.Ergashev ishtirokidada ”Erta nikohning oldini olish va uning salbiy oqibatlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Qiz bolani barvaqt turmushga berish va qarindosh-urug‘lar o‘rtasida nikoh qurilishining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati yuzasidan turli hayotiy misollar keltirilib, ma’lumotlar berildi. Mutaxassislarning fikricha yigit- qizlarning turmush qurish yoshi oila musatahkamligiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillardan biridir. Afsuski, ayrim ota-onalar ko‘pincha farzandining kelajak taqdiri baxt- saodati haqida o‘ylamay hali balog‘at yoshiga yetmagan qizini uzatish yoki qarindoshimning qizi begona bo‘lmasin deb o‘g‘il uylantirish taraddudiga tushadi. Buning oqibatida qizlarni 16 hatto undan kichik yoshda turmushga uzatib yuborish hollari uchrab turadi. Ammo bu ko‘p hollarda bo‘lg‘usi onaning salomatligi va ruhiyatiga qolaversa yosh oilaning mustahkamligigi tug‘ilajak farzandining sog‘lomligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.