NavDPI Ilmiy Kengashining navbatdagi, 8-sonli yig’ilishi bo‘lib o‘tdi. Kengashni institut rektori, professor B.Sobirov olib bordi.
Kun tartibiga ko‘ra, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosi, ijro intizomi, fakultetlarda amalga oshirilgan ishlar, xalqaro reytingdan joy olish boʻyicha maqsadli chora-tadbirlar dasturining ijrosi, tadqiqotchilarning ilmiy mavzusi va rahbarini tasdiqlash hamda darslik, o‘quv qo‘llanmalarni nashrga tavsiya etish va boshqa masalalar muhokama etildi.
Bundan tashqari, institutda raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, hemis tizimida ma’lumotlarni yangilash, professor-o‘qituvchilarning ommaviy axborot vositalarida chiqishlari tahlili ko‘rib chiqildi.
KPI baholash tizimiga ommaviy axborot vositalarida chiqish ko‘rsatkichini kiritish taklifi kengash a’zolari tomonidan ma’qullandi.