Yurtimizda kam taʼminlangan, oʻzgalar koʻmagiga muhtoj va imkoniyati cheklanganlar holidan xabar olish, ularni koʻnglini koʻtarish hamda ularga har tomonlama yordamlar koʻrsatish xalqimizga xos anʼanalardan hisoblanadi.
Bugun Navoiy davlat pedagogika instituti rektori Muxiddin Kalonov xayru saxovat, mehr-oqibat, insonparvarlik singari azaliy anʼana va qadriyatlarimizni asrab-avaylash hamda keng targʻib etish, eʼtiborga muhtoj yurtdoshlarimizni koʻnglini koʻtarish maqsadida Navbahor tumani “Sarbozor” mahallasida yashovchi oilalar xonadonlarida boʻlib, ularga ehson tariqasida oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.
Shu bilan birga, institut tomonidan homiylik asosida ushbu oilalarning uylari qurib, ta’mirlab beriladi. Sogʻligida muammosi boʻlgan oila vakillarini tibbiy muolajaga yoʻnaltirish ishlari amalga oshiriladi.