loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Dual ta’lim tizimi asosida korxona va tashkilotlarda kafedra filiallari tashkil etildi

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-oktyabrdagi PQ-378-sonli qaroriga muvofiq, Navoiy davlat universiteti hamda Navoiy viloyati Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi o’rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Unga ko‘ra Navoiy viloyati Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasida Navoiy davlat universiteti “Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi” kafedrasi filiali tashkil etildi.

Shuningdek, Navoiy davlat universiteti huzuridagi Akademik litseyida universitetning “Biologiya” kafedrasi filiali ochildi. Kafedra filiallari faoliyati yuzasidan yo’l xaritasi ishlab chiqildi. Yo‘l xaritasida hamkor tashkilotlar o’rtasida yoshlarning ta’lim va tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilib, o’quv, ilmiy-tadqiqot yo’nalishlarini rivojlantish belgilangan.