Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-martdagi 101 F-sonli farmoyishi asosida Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Navoiy davlat pedagogika institutida «Zamonaviy metodologiya kontekstida islom ilmiy-madaniy va falsafiy me’rosi» mavzusida Xalqaro konferensiya o’tkaziladi.
- Konferensiya vaqti: 2022 yil 27 may soat 15:00
Tezis-maqolalar topshirish tartib-qoidalari: Tezis-maqolalar 20-mayga qadar +998940851747 telegram raqamiga faylda muallif ism, familiyasi ko’rsatilgan holda taqdim etiladi. Hajmi 4-5 bet, matn shrifti – Times New Roman; shrift hajmi 14 RT; qatorlar o’rtasidagi interval 1,5.
- Manzil: Navoiy sh. Ibn Sino ko’chasi 45-uy.