Bugungi kunda ekstremizm va terrorizm alohida mamlakatlarning milliy xavfsizligi va umuman jahon hamjamiyatiga jiddiy tahdid uyg‘otayotgan omilga aylandi. Umumbashariy muammoga aylangan ekstremizm va terrorizmni jahon hamjamiyati faqat birgalikda, turli tor geosiyosiy manfaatlardan voz kechgan holda harakat qilibgina yenga olishi mumkinligi aksariyat davlatlar tomonidan tan olingan ayni haqiqatdir. Joriy yilning 25-yanvar kuni NavDPI Matematika-informatika fakultetida Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari G’.G‘ Yusupov va guruh tyutorlari M.Amonov, G.Kunisovalar 1-bosqich (PT) “A”,» G»guruh talabalariga “Diniy ekstremizm, terrorizm va missionerlik-xavfsizlikka tahdid” mavzusida ma’lumotlar berib o’tdi. Mazkur Axborot va tyutorlik soatida talabalarga missionerlik, diniy ekstremizm va terrorizm, transmilliy jinoyatchilik va narkotrafik tahdidlariga qarshi samarali kurashish, kiberterrorizm tushunchasi va ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning mazmun-mohiyati, tahdidlarga qarshi kurashish uchun ma’naviy, ma’rifiy-mafkuraviy ishlarni yanada jadallashtirish va yangi bosqichga ko‘tarish hamda bu sohada yagona maqsad yo‘lida birlashish to’g’risida barcha kerakli ma’lumotlar berib o’tildi.