loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

DAVLAT DASTURINING MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI

 Navoiy mashinasozlik zavodida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining mazmun-mohiyatini ishchi-xodimlar o‘rtasida tushuntirish hamda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Navoiy viloyat “Oqila ayollar harakati” rahbari A.Bobomurodova, Navoiy yuridik texnikumi direktori o‘rinbosari D.Murtazayev, “NKMK” AJ ayollar Kengashi, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibalari, yuridik texikum va NDPI tarix fakulteti iqtidorli yoshlari hamda korxona ishchi-xodimlari ishtirok etishdi.

Davra suhbatida mutaxassislar Davlat dasturining mazmun-mohiyati, mamlakatimizda gender tenglik borasidagi ishlar, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar hamda onalarning farzand tarbiyasidagi o‘rni to‘g‘risida fikr bildirildi. Tadbir so‘ngida iqtidorli yoshlarimizning chiqishlari namoyish etildi.