loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Davlat boshqaruv Akademiyasida saylov komissiyalari aʼzolarining malakasini oshirishga bag’ishlangan o‘quv kurslari bo‘lib o‘tmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 27-maydagi «Saylov komissiyalari aʼzolarining malakasini oshirishni tashkil etish haqida”gi 1331-son qarori 1-ilovasiga muvofiq, joriy yilning 12-14-avgust kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida oʻquv kurlari boʻlib oʻtmoqda.

Respublika trenerlari uchun saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga doir oʻquv-amaliyot mashgʻulotlarida OTMlar rektorlari qatorida Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Muxiddin Kalonov hamda Tarix fakuleti Milliy gʻoya, maʻnaviyat asoslari va huquq taʻlimi kafedrasining 6 nafar professor-oʻqituvchilari ham ishtirok etmoqda.

Oʻquv-amaliyot dasturiga koʻra, “Aralash saylov tizimi va uning oʻziga xos hususiyatlari”, “Avvalgi saylovlarda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar va ularning oldini olish boʻyicha vazifalar”, “Saylov komissiyalari tizimi va faoliyatining asosiy jihatlari”, “Saylovda saylovchilarning roʻyxati bilan ishlash”, “Uchastka saylov komissiyalari joylashgan binolarni jihozlash va muddatidan oldin ovoz berishni tashkil etish”, “Uchastka saylov komissiyasining ovoz berish kunidagi faoliyati” kabi mavzularda amaliy va nazariy mashgʻulotlar olib borilmoqda.