Avval xabar qilinganidek, Navoiy davlat pedagogika institutida “talabalarini ekstremistik oqimlar, missionerlik bilan bog’liq yot g’oyalardan asrash, shuningdek, ijtimoiy ma’naviy muhitni sog’lomlashtirish hamda ta’lim tarbiya sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha” targ’ibot tadbirlari tashkil etilmoqda. Mazkur targ’ibot tadbirlari bugun Ingliz tili va adabiyoti va Chet tillar fakulteti talabalari bilan o‘tkazildi.
So‘zga chiqqan viloyat IIB JQ va TQKB xodimi “Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar sodir etilishini oldini olish hamda bu borada olib borilayotgan ishlar”, “Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiyi asoslari”, “Globallashuv jarayonlari va mafkuraviy xurujlar: diniy ekstremizm, terrorizm, aqidaparastlik taraqqiyotga tahdid”, “Radikalizm, missionerlik va prozelitizmni oldini olish va yurtimizda millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlashning dolzarbligi” mavzularda ma’ruzalar qilindi.