Bu yil 8 ta OTMda chet tilidan ijodiy imtihon olinadi. Ularga hujjat topshirgan abituriyentlar faqat shu OTMlar ichidan 5 ta yo‘nalish tanlashi kerak. Chet tilidan test olinadigan OTMdagi yo‘nalishni tanlash imkoni yo‘q. Sababi test va ijodiy imtihon formati va beriladigan ballar bir-biridan farq qiladi.
Ijodiy imtihon qanday olinadi?
Ijodiy imtihonlarda abituriyentlarning tinglab tushunish, o‘qish, yozish va gapirish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi.
Imtihonlar 11 ta chet tili — ingliz, nemis, fransuz, ispan, xitoy, koreys, yapon, hindiy, turk, arab va fors tillari bo‘yicha tashkil etildi va chet tillarni bilishning B1 darajasi bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.
Imtihon natijalarini hisoblash oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga qadar yakunlanadi va natijalar abituriyentlarning shaxsiy kabinetida e’lon qilinadi. So‘ng abituriyent qolgan bloklar uchun bo‘lib o‘tadigan test sinovida qatnashadi.