Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Bahodir Sobirov va Buxoro davlat pedagogika instituti rektori, professor Bahodir Ma’murov o‘rtasida memorandum imzolandi.
Kelishuv memorandumida ikki oliy ta’lim muassasalarida birgalikda ilmiy izlanishlar olib borish, dasturlar doirasida ilmiy izlanuvchilar va xodimlar almashish, fan, ta’lim vakillari va amaliyotchilarning birgalikdagi tadbirlarini tashkillashtirish, oliygohlarda tashkil etilayotgan ilmiy tadbir haqida ikkinchi tomonni xabardor etish va qatnashish uchun taklif etish asosida masalalarini yo‘lga qo‘yish haqida kelishib olindi.