Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Muxiddin Kalonov aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan soha vakillari — hisobchi xodimlari bilan yigʻilish oʻtkazdi.
Yigʻilishda har bir boʻlim xodimlarining lavozim vazifalari, mutaxassiligi koʻrib chiqildi. Har bir xodim oʻz lavozim vazifasini sidqidildan, adolatli, shaffof olib borishi, korrupsiya, nepotizm, tanish-bilishchilik kabi salbiy illatlarga yoʻl qoʻyilmasligi qattiq nazorat qilinishi taʼkidlandi.
Shuningdek, yigʻilishda davlat xaridlarini amalga oshirishda bamaslahat ish olib borish, toʻlov-shartnoma asosidagi qarzdor talabalarni kursdan kursga oʻtkazish masalalari haqida gapirildi. Ishga masʼuliyat bilan yondashish, korrupsiyaga qoʻl urmaslik boʻyicha xodimlardan kafolat xatlari olindi. Shu bilan birga, reja-moliya boʻlimi, auditor va bosh hisobchiga yaqin 5 yillikdagi strategiyasini ishlab chiqish, xodimlarga esa lavozim yoʻriqnoma qilish topshirigʻi berildi. Shuningdek, har bir kafedra oʻzining imkoniyatidan kelib chiqib xoʻjalik shartnoma tuzishi kerakli aytildi. Bu boʻyicha reja-moliya boʻlimi boshligʻiga koʻrsatma berildi. Oʻquv yuklamaarni oʻrganish boʻyicha ham reja-moliya boʻlimi va auditorga topshiriq berildi.