loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

BUGUNGI KUN TO‘GARAKLARI

   Bir necha asrlar davomida aniq va tabiiy fanlar O‘zbekiston zaminida keng rivojlanib, O‘rta Osiyo hududi dunyo intellektual markazi bo‘lib kelgan. Yurtimiz hududida yuzaga kelgan birinchi va ikkinchi Renessans davri butun dunyo tan oladigan mashhur daholarni yetishtirib berdi. Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Koshg‘ariy, Abu Ali ibn Sino, Nasriddin Tusiy, Qozizoda Rumiy, Jamshid Koshiy, Mirzo Ulug‘bek, Ali Qushchi va Sharqning boshqa olimlari ilmiy tadqiqotlari jahon ilm-fani rivojiga beqiyos hissa qo‘shdi.

Buyuk ajdodlarimizning ilmiy an’analarini munosib davom ettirgan holda, XX asrning 40-yillaridan boshlab O‘zbekistonda fizika fanini rivojlantirish jarayonida nufuzli ilmiy maktablar tashkil etildi, ularning vakillari xalqaro mukofotlarga sazovor bo‘ldi va xorijiy akademiyalar a’zolari bo‘lib saylandi. Mamlakatimiz fizika maktabi qattiq jismlar fizikasi, atom yadrosi fizikasi, yarim o‘tkazgichlar fizikasi, lazer fizikasi va issiqlik fizikasi sohalarida jahon ilm-faniga ulkan hissa qo‘shdi.

Bugungi kunda  NavDPI  “Fizika-texnologiya” fakultetida STEAM ta’lim dasturi asosida  fizika fanini o‘qitish, sifatini oshirish, fizika fani bo‘yicha tashkil etilgan to‘garaklarda zamonaviy o‘qitish uslublarini joriy qilish, iqtidorli o‘quvchilarni saralash,  ilmiy tadqiqot va innovatsiyalarni rivojlantirish hamda amaliy natijadorlikka yo‘naltirishga katta e’tibor qaratilmoqda… “Xulosa qilib aytganda, shuni ta’kidlashni kerakki, an’anaviy o’qitish uslublari bilan taqqoslaganda, ta’limda STEAM yondashuvi yoshlarni tajribalar o’tkazishga, modellar tuzishga, mustaqil ravishda turli konstruksiyalar yaratishga, o’z g’oyalarini haqiqatga aylantirishga va yakuniy mahsulotni yaratishga undaydi. Ushbu ta’lim yondashuvi nazariya va amaliy ko’nikmalarni samarali tarzda birlashtirishga imkon beradi…”-deydi  “STEM fizika va astronomiya” to‘garagi rahbari G.Sayfullayeva.