loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

“BU GULSHAN SOZ EKAN…”

  El suygan taniqli hofizimiz Maʼmurjon Uzoqov ijrosidagi “Bu gulshan soz ekan…” ashulasi koʻpchiligimizning sevimli taronamizga aylangan. Xalqimizning betakror madaniy merosi – maqom sanʼatini ham benazir gulshanga o‘xshatish mumkin. Maqom yirik turkum va asar janri sifatida mumtoz musiqa toifasiga kiradi. Musiqa ijodiyotining boshqa turlaridan u oʻzining badiiy mukammalligi, kuy va shakl tuzilishlari, lad va usul tizimlari hamda ilmiy va amaliy asoslarining puxta ishlanganligi bilan farq qiladi. Maqom musiqa, sheʼriyat va raqs sanʼatlarini mujassamlashtiruvchi mushtarak badiiy jarayondir. NavDPI “Fizika-texnologiya” va “Matematika-informatika” fakulteti professor-o‘qituvchilari hamda talabalari erta tongdan, xalqimizning sevimli san’atkorlari ijrosidagi kuy va ashulalari sadosi ostida kutib olinmoqda. “Erta tongdan bu kabi maqom sadolari ostida ishimizni boshlashimiz, kun davomida yuqori kayfiyatda bo‘lishimizni qaysidir ma’noda ta’minlayapdi. Uylanmanki, maqom barchamizga ish jarayonida quvvat va shijoat baxsh etib turadi…”-dedi “Fizika va astronomiya” kafedrasi o‘qituvchisi E.Qudratov.