loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

BU BARCHAMIZ UCHUN MUHIM

 Aholi pirotexnika vositalarining zararli oqibatlari haqida aniq misollar bilan ommaviy axborot vositalari orqali ko‘p martalab ogohlantirilmoqda. Shunga qaramay pirotexnika vositalarini farzandlariga o‘yinchoq sifatida olib berayotgan ota-onalar ham uchrab turibdi. Yoshlar orasida pirotexnika vositalari tufayli yuz-qo‘llari kuygan, og‘ir tan jarohatlari olgan holatlar ham yo‘q emas. Ota-onalar farzandlariga ana shu zararli matohning o‘rniga kitob olib bersalar foydadan holi bo‘lmasdi. Huquqbuzarliklarga qarshi kurash bilan bir qatorda uni oldini olish va pirotexnika vositalaridan foydalanishning ayanchli oqibatlarini o‘z vaqtida yosh avlodga tushuntirib borish zarur. Shu munosabat bilan Navoiy shahar IIB JQB tezkor xodimlari va NavDPI “Fizika-texnologiya” fakulteti hamkorligida turli suhbatlar o‘tkazilib, pirotexnika vositalarining inson salomatligiga salbiy ta’siri, uning ayanchli oqibatlari tushuntirib borilmoqda. “Ichki ishlar organlari xodimlari pirotexnika vositalarining noqonuniy savdosining oldini olish bo‘yicha zarur choralarni ko‘ryaptilar. Aholi, ayniqsa, bolalar va yoshlar, ularning ota-onalari o‘rtasida pirotexnika vositalaridan foydalanishning salbiy oqibatlari, ushbu buyumlarning qonunga xilof muomalasi uchun javobgarlik ko‘zda tutilganligi to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borilsa, turli ko‘ngilsizliklarning oldi olinadi…”-dedi Navoiy shahar IIB JQB tezkor vakili katta leytenant S.Toshev.