loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Bolalar hayotimiz davomchilari, kelajagimiz egalaridir

   Ushbu kun 1925-yil Jenevada bolalar farovonligiga bagʻishlangan Butunjahon konferensiyasida taʼsis etilgan boʻlsa, oradan 25 yil oʻtib, 1950-yildan bayram sifatida nishonlab kelinadi. Bolalar hayotimiz davomchilari, kelajagimiz egalaridir. Binobarin, ularni asrab-avaylash, har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazish har bir davlat, har bir oila, har bir ota-onaning muqaddas burchidir.

Oʻzbekistonda ham farzandlarimiz ana shunday mehr-muhabbat, ulkan gʻamxoʻrliklar ogʻushida voyaga yetmoqda. 1 iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan Navoiy davlat pedagogika instituti O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti tyutorlari M.Maxkamova, Z.Kuvandikova, SH.Allaberdieva, M.Turaeva hamda institut psixologi D.Abdurayimova,  fakultet talabalari bilan birgalikda Navoiy shahrida yashovchi S.Ayniy, A.YAssaviy, S.Avlod ko‘chasidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, chin yetim, nogironligi mavjud oila farzandlari holidan xabar olindi, o‘ksik qalblarga oz bo‘lsada quvonch va mehr ulashildi.