NavDPI Matematika-informatika fakultetining kechki ta’lim talabalari bilan «Ekstremestik oqimlar, missionerlik bilan bog’liq yot g’oyalardan asrash, shuningdek, ijtimoiy ma’naviy muhitni sog’lomlashtirish hamda ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish» bo’yicha davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda rektor maslahatchisi B. Abdullayev so’zga chiqib, talabalar o’rtasidagi jinoyatchilikka qarshi kurashish, go’yaviy bo’shliqni oldini olish, kiberjinoyatchilik, korrupsiyaga qarshi kurashish va giyohvandlikni oldini olish kabi jinoyatlar haqida batafsil tushunchalar berdi.
Tadbirda xotin-qizlar masalalari bo’yicha rektor maslahatchisi N. Tursunova, institut Ma’naviyat-ma’rifat bo’limi boshlig’i B.Toshmamatov, Psixolog D.Abduraimova, profilaktika inspektori N.Hayitov, Jismoniy madaniyat fakulteti dekan o’rinbosari N.Umarov, Matematika-informatika fakulteti dekani A.Norbekov va yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari G’.Yusupovlar ishtirok etdi.