1-dekabr “OITS ga qarshi butunjahon kurash kuni”. Bu sanada OITS bilan og‘riganlarni qo‘llab- quvvatlash, xastalik alomatlari, undan saqlanish bo‘yicha ogohlikni oshirish masalalariga jamoatchilik e’tiborini qaratish maqsad qilinadi. 29-noyabr kuni NavDPI Matematika-informatika fakultetida ham “Biz yoshlar oitsga qarshimiz”shiori ostida Navoiy shahar OITS markazi terapevt shifokori D.S.Davronova, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari G‘.Yusupov, Xotin qizlar qo‘mita raisi S.Quchqorova,tyutorlar va 1,2, 3-kurs talabalari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.