Oʻzbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo’ravonlikdan himoya qilish to’g’risida”gi va “Xotin-qizlar hamda erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlar kafolatlari to’g’risida”gi qonunlar, xotin-qizlar huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan qonunlar, qarorlar va farmonlar ijrosini ta’minlash maqsadida Navoiy davlat pedagogika instituti Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan davra suhbati tashkil etildi.
Unda Navoiy shahar IIB boshlig’i Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari kapitan S.Abdullayeva, institut birinchi prorektori X.Qurbonov hamda profilaktika inspektori, katta leytenant M.Tursunovlar ishtirok etishdi. Mavzu yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.