loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

BIZ OMMAVIY MADANIYATGA QARSHIMIZ

 Matematika-informatika fakulteti talabalari ishtirokida “Biz ommaviy madaniyatga qarshimiz” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Unda Fizika-texnologiya fakulteti dekan o‘rinbosari M.S.Shamsiyev, Tarix fakulteti o‘qituvchisi A.M.Egamberdiyeva, Matematika-informatika fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari G‘.G‘.Yusupov hamda fakultet tyutorlari ishtirok etishdi.

Bu davra suhbati davomida talabalarga chet eldan kirib kelayotgan turli xil bayramlar, kiyinish madaniyati haqida gapirildi. Ular bizning milliy qadriyatlarimizga, an’analarimizga va urf odatlarimizga mos kelmasligi haqida ma’lumotlar berildi. Bunday ommaviy madaniyatga vaqt sarflamasdan ilm olish bilan shug‘ullanishlari zarurligi, jamiyatimizning rivojlanishi uchun yoshlarimizning ilmli bo‘lishlari zarurligi aytib o‘tildi.

“Ommaviy madaniyatning jozibasiga shaydo bo‘lib qolmang. O‘z yo‘lingizni o‘zingiz tanlang! Siz xalqimiz azaldan orzu qilganidek barkamol shaxs bo‘lishingiz, jamiyatda o‘z o‘rningizni topishingiz lozim. Vatanimiz ishonch va umid bilan qarab turibdi. Yurt ishonchini oqlash uchun ajdodlarga munosib avlod bo‘lishimiz kerak”- dedi M.Shamsiyev.