Yaqinda Navoiy davlat pedagogika instituti Tibbiyot fakulteti 1-bosqich talabalari “Biz Ibn Sino izdoshlarimiz” shiori ostida, madaniy-maʼrifiy tadbir doirasida qasamyod qabul qildi. Boʻlajak shifokorlar kasbiga sadoqatli boʻlish, har qanday sharoitda tibbiy yordam koʻrsatishga, oʻz manfaatiga berilmaslik uchun bor kuch va gʻayratini sarflashga, halol boʻlishga qasamyod qildi. Tadbirda Navoiy davlat pedagogika instituti rahbariyati ishtirok etdi.
Tadbir soʻnggida bir guruh faol talabalar tashakkurnoma hamda sovgʻalar bilan taqdirlandi. Maʼlumot uchun, Tibbiyot fakultetida 2 ta yoʻnalish: “Pediatriya” va “Davolash ishi” ochilgan boʻlib, jami 80 nafar talaba tahsil olmoqda.