loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

BIZ ERTA TURMUSH VA ZOʻRAVONLIKKA QARSHIMIZ

  «Biz erta turmush va zo’ravonlikka qarshimiz» mavzuda Tarix fakulteti talaba-qizlari ishtirokida davra suhbati boʻlib oʻtdi.Tadbirni NavDPI birinchi prorektor X.Qurbonov ochib, jamiyatda xotin-qizlarga tazyiq va zoʻravonlikka nisbatan murosasizlik muhitini yaratish, xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash borasida fikrlarini aytib oʻtdi.

Institut profilaktika inspektori S.Xusenova, Navoiy viloyati Ona va bola Skrining markazi shifokori L.Rustamova, psixolog D.Abduraimova, fakultet xotin-qizlar maslahatchisi Sh.Xoliqulovalar talaba-qizlarning shaxsiy gigiyenasi, erta turmush, yaqin qarindoshlar oʻrtasidagi nikoh va oilaviy ajralishlarning salbiy oqibatlarini oldini olish va boshqa mavzularda batafsil gapirib, maʼlumot berdilar.