Navoiy davlat pedagogika instituti Matematika-informatika talabalari o’rtasida 2023/2024- o‘quv yilida ta’lim muassasalarida talaba-yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan kunlik tadbirlarning yarim yillik kalendar rejasi 21-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida, Matematika-informatika fakulteti dekani tomonidan «Bir haftada bir kitob» loyihasiga start bergan edik.
Shu munosabat bilan Farhod madaniyat saroyiga qarashli 3-sonli kutubxonada Shukur Xolmirzayev qalamiga mansub «O’n sakkizga kirmagan kim bor» asari yuzasidan debatd bo’lib o’tdi. Debatda talabalar faol ishtirok etib, o’z fikr-mulohazalarini bildirdilar.