Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Hukumatlari rahbarlari qoshidagi qo‘mita raisining maxsus vakili M.Xodjayev, Tojikiston Respublikasi baynalminal jangchilar qo‘mitasi raisi oʻrinbosari O.Muxiddinov, O‘zbekiston “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi Navoiy viloyat boʻlimi raisi M.Uralov hamda Surxondaryo viloyati Uzun tuman “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi aʼzosi M.Xujakeldiyev NavDPIda boʻldilar.
Dastlab, ichki ishlar organlari xodimlari, institut rahbariyati, IIB qoshidagi akademik litsey o‘quvchilari bilan uchrshuv tashkil etildi. Unda Afg‘onistondagi jangovar harakatlar qatnashchilari bo‘lgan o‘zbek o‘g‘lonlariga “VETERAN” birlashmasi oldidagi xizmatlari uchun medal va faxriy yorliqlar topshirildi.
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Hukumatlari rahbarlari kengashi huzuridagi Askarlar-internatsionalistlar ishlari bo’yicha qo‘mita raisi N.Shuba “Faxriylar va nogiron jangchilarning hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan gumanitar va ijtimoiy ahamiyatga ega dasturlarda xizmatlari uchun” Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, texnika fanlari doktori, professor Sobirov Bahodir Boypo‘latovichni Tashakkurnoma bilan taqdirladi.
Shunindek, “Xalqaro faxriylar harakatini rivojlantirish, o‘smir avlodni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi xalqlari o‘rtasida tinchlik va do‘stlikni mustahkamlashdagi xizmatlari uchun” Qurbonov Xurshid Raupovich qo‘mita raisining Faxriy yorlig’i bilan taqdirlandi.
Kunning ikkinchi qismida mehmonlar Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyi boʻylab sayohat qildilar. Muzeydagi tarixiy ashyolar, ekspozitsiyalar, qoʻlyozmalar, nohaq tuhmat va ayblovlar bilan qatagʻon qilingan, surgun qilingan ajdodlarimiz haqida batafsil maʼlumotga ega bo‘lishdi.