Bugungi kunda ko‘plab oliy ta’lim muassasalarida xorijlik professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritmoqda. Hindistonning Sambrano univesiteti professor Samadi Dilli bilan “Fizika-texnologiya” fakulteti talaba-yoshlari o‘rtasida davra suhbatlari tashkil etildi. NavDUda, talabalarga yaratilgan imkoniyatlari yuqori baholab, fizika mutaxassisligi magistrlari va bakalavr talabalariga fanning nazariy va amaliy masalalari bo‘yicha qiziqarli ma’ruzalar va laboratoriya mashg‘ulotlari o‘tish bilan birga auditoriyadan tashqari magistrlik dissertatsiyalari tayyorlashda tadqiqotlar o‘tkazishning zamonaviy usullari haqida ma’lumotlar berdi. Shuningdek talabalarni mustaqil ishlarini tayyorlashlarida, tadqiq qilish bo‘yicha reja tuzish, mazkur faoliyat bo‘yicha yo‘l xaritasi ishlab chiqish va tadqiqot o‘tkazish uslublarini o‘zlashtirishlarini kuzatdi. “Bu yerda sizning yoshlaringiz bilan uchrashganimdan xursandman. Hali kelganimga ko‘p bo‘lmadi, meni iliq kutib olishdi. Talabalar menga kulib qarashadi, men bilan gaplashgilari keladi. Bilimga chanqoq yoshlaringiz bilan suhbatlashish menga zavq bag‘ishladi. Talabalarni o‘z yo‘nalishlariga katta qiziqish bilan o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqlari meni xursand qildi”, — dedi professor S.Dilli.