Davlatimiz bayrog‘i–o‘tmish, bugun va kelajagimizning yorqin timsoli. Qonunda belgilanganidek, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, shuningdek, O‘zbekistonda yashaydigan boshqa shaxslar bayrog‘imizni hurmat qilishlari shart. Zero, unda ruhiyatimiz, g‘urur va iftixorimiz, Vatanimiz va xalqimizga bo‘lgan cheksiz mehr-muhabbatimiz, kelajakka ishonchimiz mujassamdir. Ushbu munosabat bilan 17-noyabr kuni Maktabgacha va boshlanģich taʼlim fakulteti Boshlanģich taʼlim yoʻnalishining 1-kurs A, B, V, G gruh talabalari bilan Umumiy pedagogika va psixalogiya kafedrasi A.T. Ro’ziqulova (PhD) tomonidan “Hissiyot” mavzusida ochiq maʼruza darsi o’tkazildi. Ochiq maʼruza darsida tyuterlar va professor o’qtuvchilar ishtirok etishdi.