Bahor – bayramlar fasli. Ko‘klamni sog‘ingan ellar uning tashrifidan quvonchga to‘lib, har bir kunni bayramga ulaydi. NavDPI “Fizika-texnologiya” fakultetida, 8-mart “Xalqaro xotin qizlar bayrami” munosabati bilan o‘tkazilgan “Balli, qizlar!” ko‘rik-tanlovi ham barchaga bahoriy kayfiyat ulashdi. Ko‘rik-tanlovda ishtirok etgan talaba-qizlarning salomlashish odobini, pazandaligini, erta turmush borasidagi muammolarga munosabatini, ifodali she’r o‘qishini, o‘zi sevgan va tanlagan kasbi haqida tushunchalari, orzu-istaklarini tomoshabinlarga chiroyli tarzda yetkazib berdilar. Tadbirda Navoiy viloyati teleradiokompaniyasi xodimlari ham ishtirok etdi. “Mamlakatimizda xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va roliga yuqori baho berib, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, xotin-qizlarimizning bilimdon, zamonaviy mutaxassis, malakali kasb egalari bo‘lishlari davlatimiz va jamiyatimizning doimiy e’tiboridagi eng ustuvor vazifa ekanligiga alohida e’tibor qaratgan holda, biz xotin-qizlarga institutimiz rahbariyati tomonidan berilayotgan juda katta ebtibor uchun o‘z minnatdochiligimni bildiramiz…”- dedi fakultet tyutori G.Ikromova.