loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

“Ayollarning huquqiy bilimlarini oshirish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

   Mamlakatimizda xotin-qizlarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash, tadbirkorlik, ilmiy, ijtimoiy tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Xususan, O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida birinchilardan bo‘lib ayollar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berishga oid, ayollarni siyosiy huquqlari va onalikni muhofaza qilish haqidagi Konvensiyalar hamda ayollar huquqi bo‘yicha boshqa xalqaro hujjatlarga qo‘shilgan. Konstitusiyamizda xotin-qizlarning siyosiy huquqlari aniq belgilab berilgan bo‘lsa, Oila kodeksida ularning oilaviy huquqlari, Fuqarolik kodeksida har bir insonning merosga vorislik va boshqa huquqlari, Mehnat kodeksida esa xotin-qizlar mehnatiga oid ijtimoiy imtiyozlar mustahkamlangan.

   

 Joriy yilning 14-iyun kuni Navoiy davlat pedagogika institutida “Ayollarning huquqiy bilimlarini oshirish” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Maqsad – O‘zbekistonda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qabul qilinayotgan qonunlar, ularning hayotiga daxldor bo‘lgan yangiliklar, berilayotgan imkoniyatlar va imtiyozlar mazmun-mohiyatini yetkazishdan iborat.

 Tadbir “Yuksalish” umummilliy harakati Navoiy viloyati hududiy bo‘linmasi tashabbusi bilan viloyat hokimligi, Adliya, Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmalari va Navoiy davlat pedagogika instituti hamkorligida tashkil etildi. Tadbir so‘nggida faol va tashabbuskor xotin-qizlarga sertifikat topshirildi. Ular orasida Navoiy davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ham bor.