Ma’lumki, har yili Mamlakatimizda 21-may — Axborot-resurs markazi xodimlari kuni sifatida keng nishonlanadi. Xususan, mazkur sana munosabati bilan Navoiy davlat pedagogika institutida ham turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, uchrashuvlar o‘tkaziladi.
Navoiy davlat pedagogika instituti rektorining soha mutaxassislariga esdalik sovg’alari va bayram tabrigi yetkazildi. O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor G’.Yodgorov kasb egalarini bayram bilan qutlar ekan, institutda axborot-resurs markazining o‘rni, uning ahamiyati, davlatimiz tomonidan sohaga ko’rsatilayotgan e’tibor, ularning mashaqqatli va sharafli faoliyati haqida fikrlar bildirildi. Shu jumladan, turli yo‘nalishlarda ARM xodimlarining qo’shayotgan hissalari yuksak baholandi. Ko’p yillardan beri samarali mehnat qilib kelayotgan bir qator kutubxonachilarga institut rektorining tashakkurnomasi va qimmatbaho sovg’alari topshirildi.