Mamlakatimizda so‘nggi yillarda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish sohasida keng qamrovli tashkiliy-amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan, yo‘l-transport hodisalarining soni hali ham yuqori bo‘lib, avtomobil yo‘llarida xavfsizlikni ta’minlash tizimini tubdan isloh qilish zarurligini ko‘rsatmoqda. Yo’l harakati qoidalarini bilish va ularga rioya qilish yo’l-transport hodisalarining kamayishiga olib keladi. Shuning uchun bolalikdan yo’l qoidalarini o’rganish va ularga rioya qilish juda muhimdir. Shu maqsadda joriy yilning 2-fevral sanasida NavDPI matematika-informatika fakulteti talabalariga Navoiy shahar YHXB xodimi yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha mutaxassis F.A.Xudoyqulov avtomobil yo‘llari va ulardagi yotiq chiziqlar, yo’ldan to’g’ri kesib o’tish bo‘yicha barcha uchun zarur ma’lumotlarni berib o‘tdi.