Joriy yilning 12-dekabrida Navoiy davlat pedagogika instituti psixologi Abduraimova Dilfuza Xaydarovna institut ishchi xodimlariga Art-terapiya mavzusida trening tashkil qildi.
“Art terapiya” san’ati insoning o’zini namoyon qilish va o’zini o’zi bilishni, shuningdek, atrofdagi dunyo haqiqatini hisobga olgan holda konstruktiv harakatlar qilish qobiliyatini rivojlantirishi sanaladi. Trengdan ko’zlangan maqsad stress va ruhiy charchoq holatlarini oldini olishdan iborat. Ishchi xodimlar uchun psixologik trening ish faoliyati davomida yuzaga keladigan salbiy holatlarda zoʻriqishlarning oldini olish maqsadida tashkil etildi.