loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

 AMALIYOT JARAYONLARI

 Mamlakatimiz ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy hayotida tub o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Ayniqsa, ta’lim sohasidagi islohotlarda “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahrirda qabul qilinishi muhim o‘rin tutadi. Har bir mamlakatning rivojlanishi yoki aksincha, inqirozga yuz tutishi mamlakatdagi ta’lim tizimining qay darajada takomillashganiga bog‘liq. Shu ma’noda pedagogika yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun umumiy o‘rta maktablarda ularning ishtirok etishi ta’minlanmoqda. NavDU “Fizika-texnologiya” fakulteti dekani, prof. I.Kamolov Qiziltepa tumanidagi 35-umumiy o’rta ta’lim maktabida 4+2 dasturi asosida amaliyot o’tayotgan Texnologik ta’lim yo‘nalishi 2-kurs talabasi Muhiddinova Mehruzaning amaliyot jarayonidagi ishtiroki bilan tanishdi. Talabamiz 5-sinf o’quvchilariga “Texnologiya” fanidan dars o’tib berdi. Dars universitet professor-o’qituvchilari va maktab rahbariyati tomonidan kuzatildi va yuqori baholandi.