Buyuk shoir va mutafakkir, davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiydan milliy madaniyatimiz va adabiyotimiz uchun bebaho ijodiy-ilmiy meros qolgan. Bobomizning buyuk va bebaho nodir adabiy asarlari asrlar osha dunyo xalqlarini ham o‘ziga jalb etib kelmoqda. Yurtimizda ham buyuk bobokalonimiz ijodi doimiy o‘rganilib kelinmoqda. Ulug‘ ajdodimizning hayotiy o‘g‘itlarini o‘rganish, asarlarini e’tirof etish biz avlodlarning burchimiz desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Shu yil bobomiz tavalludining 582 yilligi munosabati bilan joriy yilning 6-fevral kuni Tarix fakulteti hamda O‘zbek tili va adabiyoti tyutorlari tashabbusi bilan 2-sonli yotoqxonada istiqomat qiluvchi talabalar ishtirokida g‘azal mulkining sultoni bo‘lmish Alisher Navoiy tug‘ilgan kuniga bag‘ishlab bayram tashkil etildi. Talabalarimiz Navoiy hayoti va ijodiy faoliyati haqida so‘zlab, bobomizning mashhur g‘azallaridan aytishdi.