Hazrat Mir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi hamda 2025-yil Navoiy viloyatida “Alisher Navoiy yili” munosabati bilan Navoiy viloyati Milliy gvardiya boshqarmasida Rus va qozoq filologiyasi, Tarix hamda O‘zbek tili va adabiyoti fakultetlari tomonidan “Alisher Navoiy — so‘z mulkining sultoni” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda talabalar tomonidan Alisher Navoiyning hayoti, asarlari va ma’naviy merosi, shoir asarlaridan parchalar o‘qilib, g’azal va ruboiylari aytildi. Tadbirda Navoiy bobomizning hayotiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishlari talabalar tomonidan mohorat bilan ijro etildi.