Akademik lisey o’quvchilari institutda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar. Tanishtiruv mobaynida o’quvchilarga Hind ilmiy markazi faoliyati, talabalar va o’qituvchilar uchun tashkil etilgan IT-markaz, katta va kichik zallari, shu bilan birga institut tuzilmasidagi “Qatag’on qurbonlari xotirasi” muzeyi faoliyati to’g’risida ma’lumotlar berildi.
Lisey o’qituvchilar L.Mirzaev va A.Qosimovlar boshchiligida kelgan o’quvchilar institutda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishish bilan bir qatorda, institut rahbariyati va professor-o’qituvchilari bilan muloqot qildilar.
Shundan so’ng, muzeyda o’quvchilar qatag’onlik siyosati va uning oqibatlari to’g’risida ma’lumotlarga ega bo’ldilar. Shuningdek, shu yerning o’zida ikkinchi jahon urushi qatnashchisi 100 yoshdan oshgan Pirnazar bobo bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.