Mamlakatimizda “Yoshlar oyligi“ doirasida bo‘lib o‘tayotgan barcha ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar inson shaxsi kamolotiga ijobiy ta’siri bilan alohida ajralib turadi. Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va ularni yot g’oyalar ta’siridan himoya etish maqsadida NavDPI O‘zbek tili va adabiyoti fakultetining 202-guruh talaba-yoshlari tomonidan “Adabiyotga oshno ko‘ngillar“ nomli adabiy-kompozitsion tadbir tashkil etildi.
Bunda vatanparvarlik, nutq odobi, milliy urf-odatlarga sodiqlik kabi ezgu fazilatlar adabiy-musiqiy chiqishlar orqali mahorat bilan ifoda etildi.
Tadbir tashkilotchisi — dots. B. Ashurov.