loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Abituriyent hujjat topshirish uchun qancha to‘laydi?

 Joriy yil bitirganlar uchun tekin, avvalgi yilda bitirganlar 165 ming so‘m (yarim “minimalka”) to‘laydi.

Test sinovi o‘tkaziladigan yildan avvalgi yillarda maktab, kollej, litseyni tugatganlar test sinovlarida ishtirok etish uchun bazaviy stavkaning yarim baravari – 165 ming so‘m miqdorida to‘lovni amalga oshirishi kerak.

Kimlar to‘lovdan ozod qilingan:

— taʼlim muassasasini joriy yilda tugatganlar;
— Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchalari bitiruvchilari;
— to‘liq davlat taʼminotidagi shaxslar;
— nogironligi bor shaxslar;
— ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan shaxslar va ularning farzandlari;
— “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar.

ESLATMA: to‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tmagan deb hisoblanadi va test sinovlariga qo‘yilmaydi. Ushbu to‘lovni bo‘lib-bo‘lib amalga oshirsa ham bo‘ladi, faqat 20-iyulga qadar (o‘sha kuni ham) to‘lanishi shart.