Rus adabiyotida realizm va xalqchillik tamoyillari, qator she’riy janrlarning shakllanishi va taraqqiyoti Pushkin nomi bilan chambarchas bogʻliq. Pushkinning rang-barang ijodi nafaqat rus adabiyoti, balki musiqa, teatr, balet, rangtasvir singari san’at turlarining ham rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi.
Navoiy davlat pedagogika instituti Rus va qozoq filologiyasi fakultetida shoir, yozuvchi va dramaturg A.S.Pushkin tavalludiga bagʻishlangan madaniy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
Unda talabalar Pushkin sheʼrlarini, shoir yozib qoldirgan mashhur asarlari hamda uning hayoti va ijodi haqidagi sahna koʻrinishlarini namoyish qildilar.
Tadbirga shuningdek, “Farhod” madaniyat saroyidan “Сказ” orkestr jamoasi ham musiqiy chiqishlari bilan ishtirok etdi.