loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo’limi

F.I.O.Xalikov Abdujabbor Xalikovich
LavozimiKorrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo'limi boshlig'i
Ilmiy darajasi va unvoniClosed
Telefon+998 93-460-77-55
E-mailhalikov_korrupsiya@mail.ru

  Navoiy davlat pedagogika institutida korrupsiyaga qarshi kurashish va “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo’limi O’zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-maydagi “O’zbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5927-son Farmoni,   Oliy va o’rta-maxsus ta’lim Vazirining 2021 yil 28 iyundagi 281-son buyrug’i hamda institut Rektorining 2021 yil  7 avgustdagi  381AFO-son buyrug’i bilan tashkil etilgan.

Bo’lim o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga va qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining  farmonlari,  qarorlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, vazirlik buyruqlariga va Hay’ati qarorlariga, mazkur Nizom, institutning ichki buyruqlari, shuningdek boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi. Bo’lim o’z faoliyatini institutning boshqa bo’linmalari bilan o’zaro hamkorlikda amalga oshiradi.

– Institutda   korrupsiyaga   oid   huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga qarshi kurashish.

– Institutda “Korrupsiyasiz soha” loyihasini  institut  miqyosida amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash.

– Institutda korrupsiyaga qarshi kurash “Komplaens nazorat” tizimini joriy etish va uni amalga oshirish.

– Institutda korrupsiyaga oid xavf-xatarlar yuqori bo’lgan yo’nalishlar hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash.

– Institutda  korrupsiya ko’rinishlari namoyon bo’lishiga olib keladigan tizimli muammolar va ularni bartaraf etish bo’yicha tegishli takliflarni kiritgan holda axborot berib borish.

– Institutda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish choralarining samaradorligini oshirishga qaratilgan dasturlar ijrosini ta’minlash.

– Institutda korrupsiyaga qarshi kurashishga yo’naltirilgan jamoatchilik nazoratini muvofiqlashtirib borish, shuningdek zamonaviy usullar va axborot-kommunikasiya texnologiyalari asosida korrupsiyaga qarshi monitoring olib borish.

– Korrupsiyaga qarshi kurashish va jamoat nazorati sohasida umum e’tirof etilgan xalqaro standartlar va xorijning ijobiy tajribasini urganish hamda ilg’or natijalarni tatbiq etish bo’yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat.

Navoiy davlat pedagogika instituti korrupsiyaga qarshi kurashish va “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo’limi xodimlari tomonidan amalga oshirilib kelinayotgan ishlar bo’yicha

MA’LUMOT

  Navoiy davlat pedagogika instituti korrupsiyaga qarshi kurashish va “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo’limi xodimlari  o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasining 2017 yil 3 yanvarda qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi Qonuni, O’zbekiston Respublikasi  Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2021 yil 22 oktabrdagi to’qnashuvini boshqarish to’g’risidagi Nizom” talablari asosida tashkil etilmoqda.

Jumladan, bo’lim xodimlari tomonidan 2021/2022-yillarga mo’ljallangan chora-tadbirlar rejasining bandlari hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 3-martdagi 02/25-03/03-sonli xati bilan tasdiqlangan Oliy, o’rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida korrupsiyaviy xatarlarni aniqlash va ularni bartaraf etish hamda korrupsiyaning oldini olish bo’yicha “Yo’l xaritasi”ning ijrosini ta’minlash maqsadida institut professor-o’qituvchilari, tyutorlar, talabalar va boshqa xodimlar bilan profilaktik targ’ibot-tashviqot tadbirlari o’tkazilib kelinmoqda.

2022-yilning shu davriga qadar institutda korrupsiyaviy holatlar va havf-xatarlarni aniqlash maqsadida institut talabalari va professor-o’qituvchilar o’rtasida korrupsion xolatlarni aniqlashga qaratilgan ijtimoiy so’rovnomalar o’tkazilib kelinmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurashish va “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo’limi xodimlari tomonidan institutga ishga qabul qilinayotgan nomzodlarni ishga qabul qilishda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining tegishli bo’yruqlari talablariga asosan manfaatlar to’qnashuvini keltiruvchi omillarni oldini olish maqsadida tekshirish bo’yicha Yo’riqnoma talablari asosida o’rganib, natijalari yuzasidan xulosalar berish yo’lga qo’yilgan.

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha talaba-yoshlar klubi to’g’risidagi Nizom ishlab chiqildi. Ushbu Nizomga asosan talabalar orasidan huquqiy savodxonligi yuqori, o’zining liderlik qobiliyatlarini namoyon eta oladigan talabalarni korrupsiyaga qarshi kurashishga mas’ul targ’ibotchi etib belgilash qismining ijrosini ta’minlash maqsadida barcha fakultetlarga topshiriqlar berildi. Mazkur topshiriqqa asosan korrupsiyaga qarshi kurashishga mas’ul targ’ibotchilar ro’yxati shakllantirildi.

Institutda manfaatlar to’qnashuvini oldini olish maqsadida bo’lim tomonidan professor-o’qituvchilar, tyutorlar, barcha ishchi-xodimlar bilan korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha manfaatlar to’qnashuvini keltiruvchi sabablar bo’lishi mumkin bo’lgan holatlar bo’yicha profilaktik suhbatlar o’tkazildi. Bunda asosiy e’tibor manfaatlar to’qnashuvi, mahalliychilik, guruhbozlik, kabi illatlarning oldini olishga qaratildi.

Institutda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida byudjet mablag’larining sarflanishi va davlat xaridlari bo’yicha ma’lumotlarni institutning rasmiy veb-saytga joylashtirish tashkil etilib, amalga oshirilayotgan xaridlar, tenderlar, auksionga qo’yish jarayonini, shuningdek kontragentlarni tekshirib borish, bo’lim xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan xaridlarni, tenderlarni va auksionga qo’yish jarayonlarini to’liq nazoratga olish va ishtirok etishini ta’minlash belgilandi.