loader image
All for Joomla All for Webmasters
uzruenВнимание!!! Сайт работает в тестовом режиме!
uzruenВнимание!!! Сайт работает в тестовом режиме!
info@nspi.uz
E-mail
+998 79 225-19-30
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-30
Faks
Rektor qabulxonasi

CHET TILLAR FAKULTETI

F.I.O.SHAMSIYEVA DILOROM MARDONOVNA
LavozimiFakultet dekani
Ilmiy darajasi va unvoniPedagogika fanlari bo`yicha PhD
Telefon+998 79 220-15-84
E-mailinfo@nspi.uz
F.I.O.Shaxnazarova Dilfuza Narpulatovna
LavozimiO`quv ishlari bo`yicha dekan muovini
Ilmiy darajasi va unvoniClosed
Telefon+998 79 225-19-70
E-mailinfo@nspi.uz
F.I.O.Aliyev Farxod Ziyodullaevich
LavozimiMa`naviyat ishlari bo`yicha dekan muovini
Ilmiy darajasi va unvoniClosed
Telefon+998 79 225-19-30
E-mailinfo@nspi.uz

Fakultet haqida

Fakultetning bakalavriatura yo’nalishlari:

5111300 – Ona tili va adabiyoti (Rus tili va adabiyoti)
5111300 – Ona tili va adabiyoti (Qozoq tili va adabiyoti)
5111300 – Ona tili va adabiyoti (Русский язык и литература в иноязычных группах)
5111400 – Xorijiy tillar va adabiyoti (Ingliz tili va adabiyoti)

Fakultetning magistratura mutaxassisliklari:

5A 111301 – Ona tili va adabiyoti (Rus tili va adabiyoti)
5A 111301 – Ona tili va adabiyoti (Ingliz tili va adabiyoti)

Professor - o`qituvchilar soni96
FAN DOKTORI, PROFESSORLAR0%
FAN NOMZODI, DOTSENTLAR9
KATTA O’QITUVCHI VA ASSISTENT O`QITUVCHILAR90
FAKULTET BO‘YICHA ILMIY SALOHIYAT16%

TA'LIM OLAYOTGANLAR

0
Magistrantlar soni
0
Bakalavrlar soni
0
Davlat granti asosida
0
Shartnoma asosida
Fakultet haqida
Ilmiy ishlar
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar
Iqtidorli talabalar

Fakultet binosining umumiy sig‘imi 820 o‘rinli bo‘lib, o‘quv mashg‘ulotlari 2 smenada tashkil etilgan. O‘quv-auditoriyalari soni 26 ta.

Fakultetda o‘quv jarayonini hozirgi zamon talablari doirasida tashkil etishda o‘quv auditoriyalari va o‘qitishning zamonaviy texnik,  vositalari etarlicha. SHuningdek, professor-o‘qituvchilar tomonidan fanlar kesimida O‘UM.lar yaratilgan. Qo‘shimcha ravishda ko‘rgazmali vositalar, didaktik materiallar, videoroliklar yaratilgan. Jumladan, 85 ga yaqin kompyuter, (2 ta kompyuter sinfi), 8 ta videoproektor, 1 ta elektron doska, 2 ta kodoskop va 2 ta epidoskop mavjud.

Namunaviy o‘quv reja va namunaviy fan dasturlari asosida ta’lim yo‘nalishlari uchun adabiyotlar mavjud. Jumladan, 2019 yilda katta o‘qituvchi, f.f.n. K.N.Kadirov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida «Русский язык для 9 класса»  darsligi chop etildi.

Dotsent G.N.Xidirova tomonidan “Вариантность фразеологических единиц русского языка” mavzusida monografiyasi chop etildi.

Chet tillar fakultetining 2020 yilda bitiruvchi kurs talabalari   322  nafar bulib, shundan 43 nafar talabalar bitiruv malakaviy ishlarini muvaffaqiyatli himoya qildilar.

  1. Ibragimova N.M., Aripova M.G., Ruzieva Z.M., G. K. Kumakbaeva, M. U. Kushkarbekova, Xalilov A.S., Isaev A.M., Suyunova X., Saidova S.S.., Eshmurodov D., Safarova M., X. Arzikulovalarning doktorlik dissertatsiyasi (PhD) mavzulari OAK jurnalida e’lon qilingan va ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar.
  2. 2019 yilda D.M. Shamsieva, G. Pirmanova, 2020 yilda F. Mardonovalar fan doktori ((PhD) dissertatsiyasini himoya qilishdi.

Qolgan professor-o‘qituvchilar ham ilmiy izlanishlarini olib bormoqdalar. Maqola va tezislar chop etmoqdalar.

Fakultet kafedralarida oxirgi 3 yilda jami 96 ta maqola OAK e’tirof etgan mahalliy va xorijiy jurnallarda chop etilgan.

Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi N.K. Raximova  2017-2019-yillarga mo‘ljallangan Erasmus+ xalqaro granti ishtirokchisi hisoblanadi. Grantning 3 yillik summasi 37000 evroni tashkil etadi. 2019 yilda 13000 evro ajratilgan.

Fakultetda ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasi mavjud bo‘lib, institut Yoshlar bilan ishlash  bo‘yicha prorektor tomonidan tasdiqlangan shu asosida o‘qituvchi-murabbiylar haftaning har juma kunlari  “Axborot va murabbiylik” soatlarini  namunali tashkil etilgan va guruh jurnallariga murabbiylar tomonidan qayd qilingan.  Bundan tashqari, ko‘plab tadbirlar tashkil qilingan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuniga, “1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar” kuniga, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga, “14  yanvar vatan himoyachilari kuni”, “8-mart Xalqaro xotin-qizlar” bayramiga,  Ota-onalar bilan o‘tkazilgan yig‘ilishlar, Navoiy viloyati va shahri IIB xodimlari bilan  muntazam hamkorlikda “Diniy ekstremizm va terrorizm-yoshlar kelajagiga taxdid”, “Korrupsiyasiz-ta’lim”, tibbiyot xodimlari bilan hamkorlikda “Sog‘lom – turmush tarziga amal qilaylik”,Giyohvandlik umr-zavoli”, “Grippdan ehtiyot bo‘ling”  mavzusida, “Quvnoqlar va zukkolar”, “Zakovat” intellektual o‘yinlari, “Talabalar teatri” sport tadbirlari va boshqa bir qator tadbirlar tashkil etilgan va fakultet talaba-yoshlari va professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etishgan.

Muhtaram Prezidentimiz Mirziyoev Shavkat Miromonovich  tomonidan ilgari surilgan “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus” ijrosini ta’minlash maqsadida fakultetda, kitobxonlikni targ‘ib qilish, kompyuter texnalogiyalaridan keng foydalanish, sport, musiqa va san’atning boshqa turlaridan keng foydalangan holda turli xil tanlovlar, tadbirlar muntazam ravishda o‘tkazilmoqda.

Hozirda fakultetda 1651 nafar talaba tahsil oladi, shulardan 38 nafari  talabalar turar joyida yashaydi,850 nafari ijarada yashaydi, 740 nafari o‘z uyida, 24 nafari qarindoshinikida istiqomat qiladi. Chet tillar fakultetida 3 nafar chet el fuqarolari ham tahsil oladilar, shulardan 1 nafari Turkiya Respublikasi, 2 nafari Turkmaniston Respublikasidan kelib o‘qiydilar. Institut ma’muriyati tomonidan belgilangan reja asosida talabalar yotoqxonasida va o‘quv binosida kecha-kunduz navbatchiliklar  tashkil qilingan.

Ijarada yashayotgan talabalar ahvolidan doimiy ravishda  xabardor bo‘lib turiladi, ijara manzillari, albomlar tayyorlanib, institut “Ma’naviyat va ma’rifat” bo‘limiga taqdim qilingan.

Chet tillar fakultetida talabalar o‘rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhit va tartib intizom yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.

Talabaning F.I.SH Olimpiada yoki tanlov nomi Nechanchi yilda Ilmiy rahbar
1 Kazakova Malika Rus tili  fani bo‘yicha Respublika olimpiadasida 2-o‘rin 2015-2016 o‘quv yili D.M. SHamsieva
2 Abdukadirova Ayan  Qozoq tili va adabieti fan  olimpiadasi   respublika bosqichi 3- o‘rin 2015-2016 o‘quv yili Katta o‘qituvchi:

G.Kumakbaeva

3 Abdukadirova Ayan  Qozoq tili va adabieti fan  olimpiadasi   respublika bosqichi 3- o‘rin 2016-2017 o‘quv yili Katta o‘qituvchi:

J.Uzakbaeva

4 Abdirova Keulimshat  Qozoq tili va adabieti fan  olimpiadasi   respublika bosqichi 3- o‘rin 2017-2018 o‘quv yili Katta o‘qituvchi:

G.Kumakbaeva

5 Jaksilikov shalxar  Qozoq tili va adabieti fan  olimpiadasi   respublika bosqichi 3- o‘rin 2018-2019 o‘quv yili Katta o‘qituvchi:

J.Uzakbaeva

6 Xasanova Roxatoy Alisher Navoiy nomli stipendiya sovrindori 2018-2019 o‘quv yili Qodirova D.SH.
7 Sobirova Gulnoza Alisher Navoiy nomli stipendiya sovrindori 2019-2020 o‘quv yili Muxamadiev A.SH.
8 Baxriddinova Dilobar Alisher Navoiy nomli stipendiya sovrindori 2017-2018 o‘quv yili Xasanova S.Q.
9 SHarapova Nilufar Alisher Navoiy nomli stipendiya sovrindori 2015-16 o‘quv yili Dots.Azmieva E.E.
10 Majidova Hulkar Alisher Navoiy nomli stipendiya sovrindori 2017-18 o‘quv yili Dots. Kadirov K.N.

TALABALAR SONI

0
Akademik guruhlar
0
Ozbek guruhlarda
0
Rus guruhlarda
0
Qozoq guruhlarda

Fakultet yangiliklari