All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Home Page

Institut talabalari “Yozgi universitet — 2024” xalqaro forumga ishtirok etishmoqda

Navoiy davlat pedagogika instituti Fizika va astronomiya taʼlim yoʻnalishining 2 nafar bakalavr talabalari hamda magistratura mutaxassisligining 1 nafar magistranti “Yozgi universitet — 2024” Xalqaro oʻquv mashgʻulotlariga qatnashish uchun Rossiya Federatsiyasining Qozon Federal Universitetiga tashrif buyurishdi. Ushbu forumga Oʻzbekiston, Belorus Respublikasi, Ozarbayjon, Tojikiston, Turkmaniston, Kozogiston, Eron, Xitoy, Abxaziya, Janubiy Afrika hamda Rossiya Fedaratsiyasidan ishtirokchilar qatnashayapti. “Yozgi […]

Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim kafedrasi mudiri ilmiy stajirovkada boʻlib qaytdi

Navoiy davlat pedagogika instituti Maktabgacha taʼlim kafedrasi mudiri, f.f.d (DSc.) R.H.Davlatova 2024-yilning 26-iyunidan 4-iyulgacha Janubiy Koreyaning Puchon universitetida tashkil etilgan “Maktabgacha taʼlim eksperti” dasturi doirasida Koreya davlatining Maktabgacha talim tizimini oʻrganish maqsadida tashkil etilgan stajirovkada boʻlib qaytdi. Amaliyot davomida Puchon universiteti faoliyati bilan umumiy tanishuv, Inchxon Maktabgacha taʼlimni rivojlantirish agentligiga tashrif, Koreya choy quyish marosimi, […]

Rektor oldi yigʻilish

Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Muxiddin Kalonov dekanlar, ayrim boʻlim boshliqlari bilan yigʻilish olib bordi. Yigʻilishda koʻrilgan birinchi masala bu Tibbiyot fakultetini boshqa joyga koʻchirish. Shu bilan birga, fakultetda taʼlim olayotgan talabalarga yetarlicha sharoit yaratib berish, kerakli tibbiy asbob-uskunalar bilan taʼminlash, simulyatsion va laboratoriya jihozlarni olib berish masalasi muhokama qilinib, bu boʻyicha masʼullarga tegishli […]

“Mirzo Ulug‘bek vorislari” 2023/2024-о‘quv yili bitiruvchilarini taqdirlash tadbiri bo‘lib o‘tdi

Oliy ta’lim muassasalari bakalavriat yo‘nalishining 2-bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagan talabalardan kursga qabul qilingan 60 nafar talaba “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tayyorlov o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomladilar. Quvonarlisi, ular orasida Navoiy davla pedagogika instituti talabalari ham bor. Islomova Muxlisa, Toʻrayeva Orzigul, Abdusalamova Gulniso, Shirinboyeva Setora, O’rinova Oysha, Erkinov Farxod. Iste’dodli yoshlarni qо‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Oliy ta’lim, […]

Turkiyada chop etilgan o‘zbekistonlik iqtidorli ayol-qizlar haqidagi kitobdan NDPI talabalari faoliyati ham o‘rin oldi

Turkiyaning Alanya hokimligi huzuridagi “Baygench” nashriyoti va “Shine” Qizlar Akademiyasi tomonidan O‘zbekistonning turli yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatayotgan iqtidorli va faol ayol-qizlari ijodiy ishlari jamlangan “O‘zbekistanʼın lider kadınları” (“O‘zbekistonlik lider ayollar”) kitobi nashr etildi. Yaqinda Alanya shahrida kitobning taqdimot marosimi bo’lib o’tdi va bu haqida Turkiya OAVda e’lon qilindi. Taqdimotda bir guruh o‘zbek-turk shoir- yozuvchilari, professor o‘qituvchilar […]

“El-yurt umidi” jamg’armasi 2024 yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovida ishtirok eting!

“El-yurt umidi” jamg‘armasi xorijiy davlatlar nufuzli universitetlari va ilmiy markazlarida bakalavriat, magistratura va doktoranturada ta’lim olish uchun 500 o‘ringa mo‘ljallangan 2024 yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovini e’lon qiladi! “El-yurt umidi” jamg‘armasining 2024 yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovi 500 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib: – bakalavriat ta’lim dasturi uchun 100 o‘rin, – magistratura ta’lim dasturi uchun 250 o‘rin, – doktorantura […]

Qoʻysin Toʻxtayeva oʻz lavozimiga tasdiqlandi

Navoiy davlat pedagogika instituti rektorining tegishli buyrugʻiga asosan Toʻxtayeva Qoʻysin Davlatovna Ingliz tili va adabiyoti fakulteti dekani lavozimiga tasdiqlandi. Bunga qadar Qoʻysin Toʻxtayeva Ingliz tili va adabiyoti fakulteti dekani v.v.b sifatida faoliyat yuritgan. Q.Toʻxtayeva 1961-yil Samarqand viloyatida tug’ilgan. 1984-yil Toshkent davlat chet tillar pedagogika institutini tamomlagan. Filologiya fanlari nomzodi, v.b. professor.

Akademik litsey koʻzdan kechirildi

Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Muxiddin Kalonov institut tarkibidagi Akademik litseyga tashrif buyurib, litsey faoliyati bilan tanishdi. Dastlab obodonlashtirish va tozalikka eʼtibor qaratish kerakligi taʼkidlandi. Oʻquv xonalari, manaviyat zali, oʻqituvchilar xonasi koʻzdan kechirildi. Professor-oʻqituvchilar hamda iqtidorli talabalar burchaklari mavjud boʻlib, ammo boʻsh joylari rasmlar bilan toʻldirilmaganligi tanqid qilindi. Shuningdek, litsey hududida qurigan daraxtlarni butash, […]