Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafеdrasi 2008- yil sentabr oyida Boshlang`ich ta’lim mеtodikasi kafеdrasi tarkibidan ajralib chiqdi va kafedra mudiri sifatida katta o’qituvchi Shovdirov Sunnat Aslonovich faoliyat ko’rsata boshladi. 2011-yil sentabrdan 2012-yil sentabrgacha dotsent Abdullayev Akbar Hikmatovich, 2012-yil sentabrdan 2013-yil sentabrgacha katta o`qituvchi Shovdirov Sunnat Aslonovich, 2013-yil sentabrdan 2015 sentabgacha katta o`qituvchi Raximov Otabek Davlatovich, 2015-yil sentabrdan 2019 dekabrgacha katta o`qituvchi Shovdirov Sunnat Aslonovichlar kafedra mudiri sifatida faoliyat olib borgan bo’lsalar 2019 yil dekabdan hozirgi kunga qadar kafedrani dotsent Abdullayev Akbar Hikmatovich boshqarib kelmoqda.
Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasida 21 nafar professor-o‘qituvchilar bo’lib shundan, 2 nafar fan nomzodi dotsent, 1 nafar (PhD) fan doktori, 1 nafar dotsent, 1 nafar v/b dotsent, 3 nafar katta o’qituvchi va 13 nafar o’qituvchilar faoliyat olib bormoqdalar.
Kafedraning “Tasviriy san’at va amaliy bezak san’ati” magistratura ta’lim yo’nalishi talabalari ilmiy faoliyatiga kafedraning ilmiy darajali professor-o’qituvchilari rahbarlik qilib kelmoqdalar.
Kafеdra profеssor-o`qituvchilari tomonidan 20 dan ortiq o’quv qo’llanmalar va 100 dan ortiq ilmiy maqolalari chop etilgan.
Kafedra o‘z ilmiy-pedagogik faoliyatining barcha qirralariga tubdan o‘zgartirish kiritish va takomillashtirishga alohida e’tibor berib, “Barkamol avlodni shakllantirishda tasviriy san’at va chizmachilik fanlarini o‘qitishni takomillashtirishning psixologik-pedagogik asoslari” mavzusini muammo sifatida belgilab ta’lim-tarbiya bilan bir qatorda ilmiy-tadqiqot ishlarini ham olib bormoqda.
Kafedra professor-o‘qituvchilari muntazam ravishda malaka oshirish tarmoqlarida o‘qib malakalarini oshirishib kelishmoqda.
Kafedra o’qituvchilaridan Xamidova Gulmira Xamidovna, Vosiyeva Aziza To’xtaqulovna, Axmedov Dilmurod Xolmamatovich Rossiyaning Nijegorodskiy gosudarstvenniy pedagogichiskiy universitit (imeni Koz’mi Minina) unversititida 20.05.-05.07.2024 yil stajirovka o’tib keldilar.
• Abdullayev Akbar Xikmatovich – “Yaqqol tasvirlar nazariyasiga kreativ yondoshib aksonometrik proektsiyalarni talabalar tomonidan o’zlashtirish samaradorligini oshirish”. 13.00.02 . Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi (Tasviriy san’at nazariyasi va metodikasi) P.Odilov 2027
• Raximov Otabek Davlatovich – “Ko’p qavatli turar joy binolarining lanshaft dizayni (Navoiy shahri misolida) 18.00.02”.
Rayonlashtirish. Shaharsozlik. Qishloq turar joylarini rejalashtirish. Landshaft arxitekturasi. Bino va inshootlar arxitekturasi A. X. Abdullaev 2025
• Bobonazarov Sherali Ulug’murodovich – “San’at maktablari o’quvchilariga tasviriy san’at darslarida yangi innovatsion texnologiyalar asosida rasm chizishga o’rgatish”. 13.00.05 . Kasb hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi S.Bulatov 2026.
• Shovdirov Sunnat Aslonovich – O’quvchilarda tasviriy savodxonlikka oid o’quv kompetinsiyalarini shakllantirishning metodik tizimini takomillashtirish” Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetiti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.01.2020 Ped.02.06
• Jalolov Shavkat Choriyevich – “Talaba va o’quvchilarning fazoviy tasavvurlash va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini oshirishning interfaol metodlari”. 13.00.02 Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi (Tasviriy san’at nazariyasi va metodikasi) A. X. Abdullaev 2027.
• Sa’diyev Soli Tolibovich – “Oliy pedagogik ta’lim tizimida qalamtasvir fanini o’qitish metodikasini takomillashtirish”13.00.02 (Ph D) Abdullayev Sayfullo Fayzulloyevich
• Xamidova Gulmira Xamidovna- “Proyeksion chizmachilik fanini o’qitishda grafik dasturlardan foydalanish metodikasini takomillashtirish”13.00.02 Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (chizmachilik) (PhD) Yodgorov Nodir Djalolovich.
• Axmedov Dilmurod Xolmamatovich- “Tasviriy san’at darslarida intensev o’qitish metodikasini takomillashtirish” 13.00.02 Pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori professor Kamolov Iftixor Baxtiyorovich.
BAKALAVRLAR:
MAGISTRATURA:
Chizmachilik fani
Qalamtasvir fani 1-kurs
Qalamtasvir fani 2-kurs
Rangtasvir fani
O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqasi O`zbekiston Respublikasining 1992 yil 10 dekabrdagi 768-XII-sonli «O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to`g`risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.
O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt mаdhiyasi O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt suverenitetining rаmzidir.
O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt mаdhiyasigа zo`r ehtirom bilаn qаrаsh O`zbekiston Respublikаsi hаr bir fuqаrosining vаtаnpаrvаrlik burchidir.
Mutal Burhonov musiqasi
Abdulla Oripov so’zi
Serquyosh hur o’lkam, elga baxt, najot,
Sen o’zing do’stlarga yo’ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!
Naqarot:
Oltin bu vodiylar – jon O’zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Bag’ri keng o’zbekning o’chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo’r qanot!
Istiqlol mash’ali tinchlik posboni,
Xaqsevar, ona yurt, mangu bo’l obod!
Naqarot:
Oltin bu vodiylar – jon O’zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Davlat bayrog`i O`zbekiston Respublikasining 1991 yil 18 noyabrdagi 407-XII-sonli «O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i to`g`risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.
O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt bаyrog`i O`zbekiston Respublikаsi dаvlаt suverenitetining rаmzidir.
O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt bаyrog`i xаlqаro munosаbаtlаrdа O`zbekiston Respublikаsining timsoli bo`lаdi.
O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt bаyrog`i — bаyroqning butun uzunligi bo`ylаb o`tgаn to`q moviy rаng, oq rаng vа to`q yashil rаngli uchtа endаn tаrkib topgаn to`g`ri to`rtburchаk shаklidаgi mаtodir.
Davlat gerbi O`zbekiston Respublikasining 1992 yil 2 iyuldagi 616-XII-sonli «O`zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to`g`risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.
O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt gerbi quyidаgi ko`rinishgа egа: tog`lаr, dаryolаr vа so`l tomoni bug`doy boshoqlаridаn, o`ng tomoni esа chаnoqlаri ochilgаn g`o`zа shoxlаridаn iborаt chаmbаrgа o`rаlgаn gullаgаn vodiy uzrа quyosh zаrrin nurlаrini sochib turаdi. Gerbning yuqori qismidа Respublikа hurligining rаmzi sifаtidа sаkkizburchаk tаsvirlаngаn bo`lib, uning ichki qismidа yarim oy vа yulduz tаsvirlаngаn. Gerbning mаrkаzidа bаxt vа erksevаrlik rаmzi — qаnotlаrini yozgаn Humo qushi tаsvirlаngаn. Gerbning pаstki qismidа O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt bаyrog`ini ifodа etuvchi chаmbаr lentаsining bаntidа «O’zbekiston» deb yozib qo`yilgаn.
O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt gerbining rаngli ko`rinishidа: Humo qushi vа dаryolаr — kumush rаngidа; quyosh, boshoqlаr, pаxtа chаnoqlаri vа «O’zbekiston» yozuvi — oltin rаngidа; g`o`zа shoxlаri vа bаrglаri, tog`lаr vа vodiy — yashil rаngdа; chаnoqlаrdаgi pаxtа — oq rаngdа; lentа — O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt bаyrog`ining rаnglаrini аks ettiruvchi uch xil rаngdа; sаkkizburchаk — oltin zаrhаl bilаn hoshiyalаngаn holdа hаvo rаngdа; yarim oy vа yulduzlаr — oq rаngidа tаsvirlаngаn.