loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

TALABALAR VIRTUAL KLUBI

XUSH KELIBSIZ, “TALABALAR VIRTUAL KLUBI"GA!

Aziz talabalar, ushbu klub orqali sizga yangi axborot texnologiyalarini ommalashtirish va targ‘ib qilishga; fanlararo, ilmiy, ilmiy-tadqiqot va amaliy loyihalarini ishlab chiqishga; o‘quv va madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishga hamda turli-tuman tadbirlar (konferensiya, seminar, tanlov, ma’ruza, stajirovkalar) haqida ma’lumot olish va virtual qatnashish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

 

KLUBNING MAQSAD VA VAZIFALARI:

  • virtual reallikka xizmat qiluvchi yangi axborot texnologiyalarini talabalari o‘rtasida ommalashtirish va targ‘ib qilish;

  • virtual reallikdan foydalangan holda talabalarning fanlararo, ilmiy, ilmiy-tadqiqot va amaliy loyihalarini ishlab chiqish;

  • talabalarning turli auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish, talabalarning jamoa bo‘lib ishlash va muloqotga kirishish ko‘nikmalarini rivojlantirish;

  • talabalar va xodimlar uchun virtual reallik texnologiyalariga oid mavzuli o‘quv va madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish.

KLUBNING MAQSAD VA VAZIFALARI:

Shuningdek, talabalarga virtual reallik sohasidagi turli-tuman tadbirlar (konferensiya, seminar, tanlov, ma’ruza, stajirovkalar) haqida ma’lumot berish ko‘zda tutilgan. MIEM kompьyuter grafikasi va 3D ko‘rinishidagi o‘quv laboratoriyasi ko‘magida turli o‘quv dasturlaridan talabalarning fanlararo guruhlarini virtual reallik sohasida ilmiy-tadqiqot va amaliy loyihalar ustida ishlashini tashkil etish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, mutaxassislar va ish beruvchilar bilan tematik va o‘quv ma’ruzalarini olib borish orqali virtual uchrashuvlar uyushtirish, mahorat darslarini o‘tkazish va virtual reallik klubini targ‘ib qilish uchun ko‘ngilochar tadbirlarni tashkil etish rejalashtirilgan. Bu tadbirlar ish beruvchi-talaba, mutaxassis-talaba, talaba-talaba, talaba-xodim o‘rtasidagi ijtimoiy aloqalarni yaratishga yordam beradi, bu esa virtual reallik sohasida kasbiy hamjihatlikni yaratishga zamin yaratadi.