loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

“FIZIKA” VA “TEXNOLOGIYA” FANLARINI SAMARALI O‘QITISH BO‘YICHA METODIK YORDAM

 Ta’limning bugungi vazifasi o‘quvchilarni kun sayin ortib borayotgan axborot — ta’lim muhiti sharoitida mustaqil faoliyat ko‘rsata olish, turli sohalarda zamonaviy axborot texnologiyalarini samarali qo‘llash va axborot oqimidan oqilona foydalanishga o‘rgatishdan iborat. So’nggi yillarda ta’lim tizimiga shiddat bilan kirib kelayotgan yangi pedagogik texnоlogiyalar, innovatsiyalar, yangi-yangi pedagogik-psixologik tushunchalar, interfaol metodlarni ta’lim beruvchi tomonidan o’zlashtirilib va qo’llanib borilishi ta’lim mazmunini tubdan o’zgartirib yubordi desak mubolag’a bo’lmaydi. NavDU “Fizika-texnologiya” fakulteti professor-o‘qituvchilari, 31-yanvar va 1-fevral kunlari Tomdi tumanidagi 6-7 hamda 11-umumiy o‘rta ta’lim maktablarining “Fizika” va “Texnologiya” fanlari o‘qituvchilariga, yuqoridagilardan kelib chiqib, metodik yordam berishdi va maktablar kutubxonalariga kitoblar sovg‘a qilishdi.

Hozirgi kunda barcha soha-yu fanlar jadal rivojlanib borayotgan bir paytda “Fizika” va “Texnologiya” fanlari samarali o‘qitilyaptimi?, o‘qituvchilar dars mashg‘ulotini interfaol metodlardan foydalanib to‘g‘ri tashkil qilayapdimi? va dars mashg‘ulotining samaradorligi qanday omillarga bog‘liq? hamda bu kabi muammolarni hal qilish uchun nimalarga e’tibor qaratishimiz lozimligi xususida Tomdi tumanidagi 6,7 va 11-umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘qituvchilari bilan davra suhbatlari ham tashkil etildi.