Oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar o’rtasida «Universiada» musobaqalari doirasida sportning Bagminton turidan Navoiy viloyati bosqichi bo’lib o’tdi. Quvonarlisi ushbu qizg’in bahslarga boy o’tgan musobaqada qizlar o’rtasida Navoiy davlat universiteti Matematika-informatika fakulteti 4-bosqich E guruh talabasi Aralbayeva Aydana faxrli 3-o’rinni qo’lga kiritdi.
Yigitlar o’rtasida: 1-bosqich talabasi Jalilov Vahobjon, 3-o’rinni qo’lga kiritib Respublika bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritishdi. 4-6 fevral kunlari Toshkent shahrida bo’lib o’tadigan Respublika bosqichida talabalarimizga omad tilaymiz.