loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

San’atshunoslik fakulteti tomonidan hisobot konsert tashkil etildi

  Alisher Navoiy asarlarida teran ifoda topgan milliy va umuminsoniy g‘oyalarning jahon tamaddunida tutgan o‘rnini hamda o‘sib kelayotgan yosh avlodning intellektual salohiyatini oshirish, ular qalbida yuksak axloqiy fazilatlarni tarbiyalashdagi beqiyos ahamiyatini nazarda tutib, shuningdek, ulug‘ shoir va mutafakkirning adabiy-ilmiy merosini mamlakatimizda va xalqaro miqyosda yanada chuqur tadbiq qilish va keng targ‘ib etish, buyuk shoir va mutafakkir Hazrat Mir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi hamda joriy – 2025-yil viloyatimizda – “Alisher Navoiy yili” munosabati bilan Navoiy shahridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi binosida Navoiy davlat universiteti San’atshunoslik fakulteti “Musiqa ta’limi” kafedrasi tomonidan “El netib topg’ay menikim” shiori ostida jonli ijroda hisobot Konsert dasturi o‘tkazildi.

Mazkur konsert dasturida jonli ijro va Navoiy ijodidan g’azallar, xor jamoalari, maqom ansambli, cholg’u orkestri, yakka ijrochilar, opera va estrada xonandalari oʻzlarining bir-birida ajoyib musiqiy chiqishlari bilan unutilmas taassurot qoldirishdi.Hisobot konsertni tashkil etishda qo‘shgan hissasi uchun fakultet professor-o‘qituvchilariga rahbariyat tomonidan tashakkur bildirildi.