loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

“Islohotlar bilimdoni” keng tarmoqli ilmiy-ma’rifiy ko’rik-tanlovi taqdirlash marosimi

  Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan o‘tkazilgan “Islohotlar bilimdoni”, “Yilning eng faol talabasi”, “Kitob mening do‘stim”, “Eng yaxshi dasturchi”, “Mening konstitutsiyam”, “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” mavzusida “Eng yaxshi rasmlar” va “Eng yaxshi videoroliklar” respublika tanlovlari g‘olib va sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi 31-yanvar kuni Zakovat arenada bo‘lib o‘tdi.

 “Islohotlar bilimdoni” Respublika ko‘rik-tanlovining “Eng faol islohotlar targ‘ibotchisi” nominatsiyasi bo‘yicha faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan Navoiy davlat universiteti, Matematika-informatika fakulteti, Ta’limda axborot texnologiyalari mutaxassisligi 2-bosqich magistranti Ravshanova Gulhayo  Azamatovna, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 1-darajali diplomi va maxsus statutkasi bilan taqdirlandi.