Oliy ta’lim muassasasi bitiruvchisi yakuniy davlat attestatsiyasi tarkibiga kiritilgan yakuniy davlat attestatsiya sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgandan so‘ng unga muvofiq darajadagi oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatga ega bo‘ladilar. Fanlar dasturlarini o‘zlashtirishda katta yutuqlarga erishgan va o‘quv rejasidagi barcha fanlarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga erishgan, shuningdek, yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlaridan muvofaqqiyatli o‘tgan bitiruvchilarga diplom beriladi.
Yakuniy Davlat Attestatsiyasi sinovlari jadvali asosida NavDU “Fizika-texnologiya” fakultetida ham “Fizika va astronomiya” kechki ta’lim yo’nalishi bitiruvchilari uchun Davlat Attestatsiyasi bo’lib o’tdi. Unda Davlat Attestasiya komissiyasining raisi BuxDU professori, fizika-matematika fanlari doktori M.Sharipov, “Fizika va astronomiya” kafedrasi mudiri professor, pedagogika fanlari doktori A.Axmedov va boshqa komissiya a’zolari ishtirok etishdi.