loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

HAMKORLIK – YAQIN KELAJAKDA O‘Z MEVASINI BERISHI SHUBHASIZ

  Oliy ta’lim muassasasi bilan hamkorlikda ishlagan, ularning qanday va nima bilan “nafas olayotganini” anglagan maktab pedagoglari ham o‘quvchilarga bilim berish jarayonida ushbu omillarni, albatta, inobatga oladi. O‘quvchi-yoshlarda esa maktabdalik paytidayoq oliy ta’lim haqida muayyan tasavvur paydo bo‘ladi, qiziqish uyg‘onadi, o‘z kelajagini yanada yorqinroq tasavvur eta boshlaydi. NavDU “Fizika-texnologiya” fakulteti, Navoiy viloyatidagi bir qator umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga doimiy ravishda metodik yordam ko‘rsatib kelmoqda. “Fizika va astronomiya” kafedrasi professor-o’qituvchilari Karmana tumanidagi 25-umumiy o’rta ta’lim maktabida bo’lib, maktabning “Fizika“va “Astronomiya” fani o’qituvchilariga metodik yordam ko’rsatishdi va hamkorlikdagi dars jarayonlarini tashkil etishdi.