Navoiy davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi ma’sullari, Navoiy viloyat yoshlari ishlari boshqarmasi, O’zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyat Kengashi rahbarlari ishtirokida talaba-yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Jarayonda mas’ullar talaba-yoshlarni huquq va manfaatlari, ularning bandligi va tadbirkorligi kabi yo’nalishlarda qiynayotgam muammo va takliflari bilan tanishdi. Samimiy va do’stona ruhda o’tgan muloqotda yoshlar uchun yaratilgan bugungi imkoniyatlar xususida so’z bordi, shuningdek, ularga o’z maqsadlariga erishishlari uchun kerakli tavsiyalar berildi.